Monpelye shahrining «Accent français» til maktabida malaka oshirish seminari [fr] [ru]

Fransiyada malaka oshirish uchun Fransiya davlat granti sohibi bo‘lgan o‘zbekistonlik fransuz tili o‘qituvchilari Monpelye shahriga yetib kelib, darslarni boshlab yuborishdi.

15 kunlik malaka oshirish seminari dasturi fransuz tili amaliyoti, ta’lim metodikasi va fransuz madaniyati sohasida bilimlarini chuqurlashtirish bo‘yicha kurslarni o‘z ichiga olgan. Stajyorlarning fransuz oilalarida joylashtirilganligi ularga fransuz xalqining madaniyati va kundalik hayoti haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishlari imkonini beradi.

Qisqa muddatli til va pedagogik grantlar (BLCD) har yili tajribali fransuz tili o‘qituvchilariga Fransiyaning yuqori darajali o‘quv markazlarida pedagogik ko‘nikmalarni takomillashtirish, madaniyat va tilshunoslik sohalaridagi bilimlarini chuqurlashtirish imkonini beradi. Bu yili Monpelye shahrida joylashgan va Fransiya Ta’lim vazirligi, Fransiya Yevropa va tashqi ishlari vazirligi va «Campus France» agentligi tomonidan tan olingan «Accent français» til maktabi tanlab olindi.

Har bir grant egasi malakaviy fazilatlari asosida tanlandi. Yana shuni aytish joyizki, ilgari hech birlari Fransiyaga tashrif buyurish sharafiga ega bo‘lmaganlar. Biz ularga Monpelye kabi ajoyib shaharda vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini tilab qolamiz!

publie le 25/02/2019

hautdepage