Monpelye shahrining «Accent français» til maktabida pedagogik stajirovka [fr] [ru]

Fransiyada malaka oshirish uchun Fransiya davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan o‘zbekistonlik fransuz tili o‘qituvchilari Monpelye shahriga yetib kelib, «Accent français» til maktabida darslarni boshlab yuborishdi.

Ikki haftalik malaka oshirish seminari dasturi fransuz tili amaliyoti, ta’lim metodikasi sohasida bilimlarni chuqurlashtirish bo‘yicha kurslarni o‘z ichiga olgan. Stajyorlar fransuz oilalarida joylashtirilganligi tufayli, ular fransuz xalqining kundalik hayoti haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishadi.

Qisqa muddatli til va pedagogik stipendiyalar har yili tajribali fransuz tili o‘qituvchilariga Fransiyaning o‘quv markazlarida pedagogik ko‘nikmalarni takomillashtirish, tilshunoslik va mamlakatshunoslik sohalaridagi bilimlarini chuqurlashtirish imkonini beradi.

Bu yilgi stipendiya sohiblari Frankofoniya bayrami munosabati bilan tashkil etilgan «Fransiyada pedagogik stajirovka» nomli tanlovimiz g‘oliblaridir. Bular Bo‘stonliq tumani 1-son o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Elyor Ukkiyev, Urganch Davlat universiteti qoshidagi akademik litsey o‘qituvchisi Husanbek Jumaniyozov, Navoiy Davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi Shahnoza Qahhorova va Dehqonobod tumani 2-son o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Kamol Qosimovlar.

Biz ularga Monpelye kabi ajoyib shaharda vaqtlarini sermazmun o‘tkazishlarini tilab qolamiz!

publie le 12/07/2019

hautdepage