«Navoiy viloyatidagi «Navoiy» va «Uchqora» nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish» loyihasi

Moliyalashtiruvchi tomonlar: Fransiya Hukumati (“Natiksis” banki orqali), 15.12.2009y.dagi Moliyaviy bayonga hamda 07.01.2011y.dagi Qarz Bitimiga asosan.

Qurilish-montaj ishlarini nazorat qilish bo‘yicha konsalting xizmatlari

QIZIQISH BILDIRISH UCHUN SO‘ROV BERISH

O‘zbekiston Respublikasi Fransiya Hukumatidan (“Natiksis” banki orqali) “Navoiy viloyatidagi “Navoiy” va “Uchqora” nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish uchun qarz mablag‘i olgan bo‘lib, ushbu qarz mablag‘larining bir qismini konsalting xizmatlari uchun to‘lovlarni moliyalashtirish maqsadida ishlatishni ko‘zlamoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qoshidagi OTB va boshqa XMI, ChHMT loyihalari bo‘yicha Loyihani amalga oshirish guruhi (LAOG) “Navoiy viloyatidagi “Navoiy” va “Uchqora” nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida qurilish ishlarini nazorat qilish bo‘yicha konsalting xizmatlarini taqdim etish uchun takliflar berish maqsadida konsalting kompaniyalarni taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Ushbu tenderga qiziqish bildirgan konsalting kompaniyalari mazkur xizmatlarni (broshyuralar, shunga o‘xshash bajarilgan topshiriqlarning qisqacha izohi, o‘xshash sharoitlardagi tajriba, xodimlarning tegishli ko‘nikmalarining mavjudligi, asosiy xodimlarning tegishli kvalifikasiyasi va tajribasi ifodalangan tarjimai xol va boshqalar) ko‘rsata olish uchun yetarli kvalifikasiyaga ega bo‘lganligi haqida ma’lumot berishlari lozim.

Konsalting xizmatlari umumiy hisobda 66 kishi-oy xalqaro va mahalliy xodimlarni o‘z ichiga oladi. Konsultantlar Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga quyidagi topshiriqlar bo‘yicha yordam beradi:

- loyihani boshqarish bo‘yicha yordam;
- qurilish-montaj ishlarini nazorat qilish.

Tanlov savdosi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga binoan amalga oshiriladi va yuqorida keltirilgan mezonlarga javob beradigan barcha fransuz konsalting kompaniyalari uchun ochiq bo‘lib hisoblanadi.

Qiziqish bildirgan konsalting kompaniyalari qo‘shimcha ma’lumotni quyidagi manzil bo‘yicha kun davomida soat 09.00 dan 17.00 gacha (Toshkent vaqti bilan) olishi mumkin.

Tender takliflar 2016-yil 19-fevraldan kechikmasdan quyida keltirilgan manzil bo‘yicha soat 16.00 gacha (mahalliy vaqt bo‘yicha) topshirilishi lozim. Elektron savdoga ruxsat etilmaydi.

OTB va boshqa XMI, ChHMT loyihalari bo‘yicha
Loyihani amalga oshirish guruhi (LAOG)
O‘zbekiston Respublikasi
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
Pochta manzili: Toshkent shahri, 100128, Labzak ko‘chasi, 1 a

Telefon: +998-71-241-23-53, +998-71-241-89-06
Tel./Faks: +998-71-241-84-24
Elektron pochta manzili: cpimawr@yahoo.com, abisr@mail.ru

publie le 02/02/2016

hautdepage