Fransiya elchixonasi butun O‘zbekiston xalqini, barcha hamkorlari va do‘stlarini Navro‘z bayrami bilan muborakbod etadi.
Ushbu yangilanish bayrami Sizga baxt-soadat, quvonch va muvaffaqiyat keltirsin.
Shu kuni biz "Fransiya ta’mi / Goût de / Good France" festivalini boshlamoqdamiz. Biz joriy yilda ushbu festivalni O‘zbekistonning uchta shahrida joylashgan 7 ta restoran bilan, sizni Fransiyaning yuqori gastronomiyasi bilan tanishtirish maqsadida o’tkazmoqdamiz.
Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar yanada rivojlanib, hamkorligimizning barcha jabhalarida o‘zaro tajriba almashinish uchun yangidan-yangi ajoyib loyihalarni amalga oshirish imkonini bersin.
Navro`z ayyomi muborak bo`lsin!
Bonne fête de Navrouz !