Nurullo Xudoymurodov ko‘rgazmasining ochilishi [fr] [ru]

19-oktabr kuni Toshkent fransuz alyansida O‘zbekistonning mashhur rassomlaridan biri Nurillo Xudoymurodovning ko‘rgazmasi ochildi. Ochilish marosimida Fransiya elchisi Violen de Vilmor, TWIG vakili Cholpon Antonissens, Hamkorlik va madaniyat bo‘yicha elchixona maslahatchisi Izabel Kelbel, Alyans direktori Dilshod Ahmedov hamda mehmonlar va san’at ixlosmandlari ishtirok etishdi.

Nurillo Xudoymurodov Toshkentdagi P.P.Benkov nomidagi san’at kollejida keyin esa I.Ye.Repin nomidagi Sankt-Peterburg davlat rassomchilik, haykaltaroshlik va me’morchilik institutida ta’lim olgan. Rassom asarlari Fransiya va Germaniyaning turli shaharlarida namoyish etilgan. U 1994-yilda Parij shahrida bo‘lib o‘tgan «Jahon shaharlari» ko‘rgazmasida ishtirok etdi va kumush medal sovrindori bo‘ldi.

O‘zbek madaniyati boyliklarini targ‘ib qiluvchi mazkur ko‘rgazma 2017-yil 31-oktabrgacha davom etadi. Kirish bepul.

Manzil: Toshkent fransuz alyansi
Zulfiyaxonim ko‘chasi, 112-uy.
Tel.: (+998 71) 244-94-08/09

publie le 23/10/2017

hautdepage