O’qishga borish uchun uzoq muddatli viza

O`qish uchun uzoq muddatli viza

Barcha kerakli hujjatlar taqdim etilgan holdagina dos’ye qabul qilinadi.

Barcha hujjatlarning asl nusxasi va nusxasi (kopiyasi) taqdim etilishi lozim.

Ba’zi hollarda qo`shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.

Hujjatlarni topshirayotganda shaxsan kelish majburiy.

1. Uzoq muddatli vizani olish uchun fransuz tilida to`ldirilgan 3 ta talabnoma (anketa) (elchixona saytida olish mumkin).

2. Yorug` fonda olingan 4 ta rangli fotosurat (3,5 x 4,5).

3. Fransiya o`quv yurtiga qabul qilinganlik yoki oldindan qabul qilinganlik to`g`risida ma’lumotnoma (asl nusxasi dos’yeda qoldiriladi), universitetga yozilish uchun xarajatlarning to`langanligi ko`rsatilishi lozim.

4. Talabnoma beruvchi o`qigan muassasa tomonidan berilgan hujjat – o`rta yoki oliy ta’lim to`g`risida diplom yoki shahodatnoma.

5. Tug`ilganlik to`g`risida guvohnoma, nikoh guvohnomasi va rafiq/rafiqaning pasporti nusxasi (turmush qurgan shaxslar uchun).

6. Turar joy haqida tasdiqnoma : mulkka egalik huquqi, uyning ijarasi haqida hujjat yoki Fransiyada uyga egalik yoki uy ijarasini tasdiqlovchi har qanday hujjat. Begona shaxsnikida bepul asosda turgan holda esa ushbu shaxs tomonidan tuzilgan turar joyni taqdim etish majburiyati haqidagi hujjatning asl nusxasi va nusxasi (kopiyasi) hamda hujjatga qo`l qo`ygan insonning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi taqdim etilishi lozim.

7. Mablag` haqida ma’lumot : talaba bir oy uchun kamida 615 yevroga yoki uzoq muddatli o`qish (1 yil) uchun 7 380 yevroga egalik qilishini tasdiqlashi lozim. Talaba uning nomiga xalqaro to`lovlarni amalga oshirish uchun yetarli mablag`ga ega bo`lgan va ishonchli bankda ochilgan bank hisobidan ko`chirma taqdim etadi. Hisob raqami bo`lmagan holda esa ishonchli kafil tomonidan har oy 615 yevro o`tkazilishi haqida hujjat hamda kafilning kafolat xati, oxirgi uch oy davomida olingan maosh yoki nafaqa haqida hujjat, shuningdek kafilning bankdagi hisob raqami yaxshi ishlashi va talabaning o`qishiga har oy 615 yevro o`tkazish uchun hisobda yetarli mablag` borligini tasdiqlovchi xatni taqdim etadi (unda talabaning ismi, familiyasi, o`quv yurti va o`quv yili ko`rsatiladi). Har qanday holda, o`qish xarajatlarini o`z zimmasiga olgan shaxs uning mablag`lari yetarli va barqaror ekanligini isbotlashi lozim. Qo`shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.

8. Madaniyat bo`limi tomonidan suhbatdan keyin berilgan baho (tel. : 233 53 82/ 84). U to`g`ridan-to`g`ri vizalar bo`limiga jo`natiladi.

9. Viza badali : 99 yevro. Amaldagi rasmiy kurs bo`yicha AQSh dollarida to`lanadi. (Diqqat ! Dos’yening ko`rib chiqilishi uchun to`langan pul mablag`i qaytarib berilmaydi).

Barcha hujjatlar fransuz tiliga rasmiy tarjima qilingan bo`lishi kerak.

Balog`at yoshiga yetmagan talabalarga ota-ona ixtiyorining boshqa shaxsga berilishi haqida ma’lumotnoma kerak bo`ladi. U sudda ikki tomonning, ya’ni ixtiyorni topshiruvchi va oluvchilarning roziligi asosida tuziladi.

Eslatamiz, barcha kerakli hujjatlarning taqdim etilishi viza albatta berilishini bildirmaydi.

PDF - 28.9 ko
viza anketasi
(PDF - 28.9 ko)

Dernière modification : 10/01/2012

Haut de page