O‘rta maktab fransuz tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish seminari Farg‘ona, 2015-yil 23-26-fevral

Fransiya elchixonasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda joriy yilning 23-26-fevral kunlari Farg‘ona vodiysidagi o‘rta maktablarining fransuz tili o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan tilshunoslik va pedagogika bo‘yicha malaka oshirish seminarini tashkil etdi.

Parij 3 Sorbonna universiteti o‘qituvchisi, fransuz tilini o‘qitish metodikasi bo‘yicha mutaxassis Elodi Ressush, bilimlarni baholash bo‘yicha mutaxassis Yuliya Mrachkovskaya, boshlang‘ich sinflar uchun fransuz tili darsligi «Hirondelle» hammuallifi Shodiyor Nishonboyevlar yetakchiligida hamda elchixonaning fransuz tili bo‘yicha attashesi Frederik Viyom mutasaddiligi ostida Farg‘ona shahar 3-son o‘rta maktab binosida bo‘lib o‘tayotgan mazkur seminarda oltmishdan oshiq fransuz tili o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.

Ushbu seminar Fransiya elchixonasining O‘zbekiston Respublikasi 2013-yildan e’tiboran chet tillar ta’limini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirib kelayotgan islohotlarni qo‘llab quvvatlash dasturi doirasida tashkil etildi.

publie le 11/03/2015

hautdepage