O‘spirinlar va o‘smirlar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionati munosabati bilan Fransiya elchisi qarorgohida qabul

8-aprel kuni Fransiya elchisi qarorgohida o‘spirinlar va o‘smirlar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionati (Toshkent, 1-9-aprel) munosabati bilan qabul marosimi o‘tkazildi. Fransiya elchisi Jak-Anri Els janoblari Fransiyalik yosh qilichbozlarni jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishganligi bilan qutladi. Fransuz sportchilari yakka musobaqalarda uchta oltin va bitta kumush medal, guruh tarkibidagi musobaqalarda bitta kumush (shpaga) va bitta bronza medal (rapira) yutib olishdi.

«Fransiya Tashqi ishlar vazirligi sport diplomatiyasi mavqeyini rivojlantirayotgan bir vaqtda, bizning elchixona, ayniqsa, qilichbozlikka alohida e’tibor qaratdi. Qilichbozlik Fransiyada juda rivojlangan sport bo‘libgina qolmay (bugun buning guvohi bo‘lib turibmiz), balki, O‘zbekistonda rivoj topayotgan sport turi hamdir. Bu borada O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasining xizmatlari katta. Bu federatsiya bilan ikki bora Fransiya elchisi kuboki musobaqalarini o‘tkazdik», deb ta’kidladi elchi janoblari.

Elchi, shuningdek, Versal arxitektura oliy maktabi (ENSAV) va Toshkent arxitektura va qurilish instituti o‘rtasida imzolangan hamkorlik bitimi doirasida ENSAV o‘qituvchilari Stasher xonim va janob Genun rahbarligidagi 17 ta fransuz talabalarni O‘zbekistonga tashrifi bilan qutladi.

publie le 10/04/2015

hautdepage