O‘zbekiston Davlat konservatoriyasida organchi Olivye Latri konserti (1-2-aprel 2016-yil)

Parij Musiqa va raqs milliy konservatoriyasida (CNSMDP) organ bo‘yicha dars beradigan Olivye Latri bir paytning o‘zida Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasining titulli organchisi hisoblanadi. Ko‘plab xalqaro mukofotlar sovrindori bo‘lmish O. Latri hozirgacha dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlarida yakkaxon va orkestr jo‘rligida konsertlar bergan.

Fransiya elchixonasi tomonidan CNSMDP va O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi hamkorligi doirasida taklif qilingan Olivye Latri 1-2-aprel kunlari Toshkentda konsert beradi. 1-aprel kuni soat 18.30 da bo‘ladigan konsertga taklifnomalar elchixona tomonidan tarqatiladi, 2-aprel kungi konsert esa O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi tomonida tashkil etiladi. Konsertlar dasturi bir-biridan farqlanib, unda Sharl Turnemir, Sezar Frank, Olivye Messiaen, Moris Durufle, Luis Viern, Tierri Eskesh kabi bastakorlar asarlari, shuningdek Olivye Latri improvizatsiyalari ijro etiladi.

JPEG

publie le 29/03/2016

hautdepage