O‘zbekiston Islom muassasalari delegatsiyasining Fransiyaga tashrifi [fr] [ru]

Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi rahbarlaridan iborat delegatsiya may oyida Fransiyaga tashrif buyurdi.

O‘zbek delegatsiyasi bir necha bor vazir lavozimida faoliyat yuritgan, deputat bo‘lgan, hozirda Fransiya Islom fondi raisi Jan-Pyer Shevenman, Fransiya musulmonlari kengashi raisi va Parij jome’ masjidi imomi Dalil Bubakr, muftiy Jellul Buzidi, Fransiya turizmni rivojlantirish agentligi “Atout France” boshqarma boshlig‘i kabi bir qator arboblar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Delegatsiya Fransiya Islom fondi bilan tadqiqotlar bo‘yicha umumiy loyihalar o‘tkazish, Luvr muzeyida 2021-yil o‘tkazilishi mo‘ljallanayotgan o’zbek tamadduniga bag‘ishlangan ko‘rgazma doirasida bir qator tadbirlar tashkil qilish, Fransiya islom muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatish borasida muzokaralar olib bordi.

JPEG

publie le 11/07/2018

hautdepage