O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsion sudi delegatsiyasining Fransiyaga safari [fr] [ru]

Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Fransiya elchixonasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsion sudi delegatsiyasining Fransiyaga safarini tashkil etdi. 6 kishidan iborat delegatsiyaga Konstitutsion sud raisi o‘rinbosari Asqarjon G‘ofurov boshchilik qildi.

Safardan ko‘zda tutilgan maqsad – fransuz tizimi to‘g‘risida ma’lumotlar olish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsion sudi hamda fransuz muassasalari o‘rtasida aloqalarni mustahkamlash, tajriba almashinuvi, birgalikda turli loyihalarni yo‘lga qo‘yish, konstitutsion nazorat sohasida chet elning ilg‘or tajribalarini amalda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish borasida hamkorlikni rivojlantirish.

Delegatsiya Magistratura oliy maktabi, Konstitutsion kengash, Davlat kengashi, Senat, Milliy assambleya, Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi kabi tashkilotlarda bo‘lib, uchrashuvlar o‘tkazdi.

Shu tarzda delegatsiya a’zolari konstitutsion nazorat faoliyati bilan tanishishdi. Fransiyada Konstitutsion kengash bilan qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

publie le 25/09/2018

hautdepage