O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri bilan uchrashuv [fr] [fr]

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Violen de Vilmor xonim O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Rustam Qosimov bilan uchrashdi. Uchrashuvda Hamkorlik va madaniyat ishlari bo‘yicha maslahatchi Izabel Kelbel xonim elchiga hamrohlik qildi.

Muloqot chog‘ida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi, agronomiya, sayyohlik, injenerlik fanlari, sog‘likni saqlash, me’morchilik va arxeologiya kabi sohalarda hamkorlik munosabatlariga to‘xtalib o‘tildi.

Bugungi kunda dolzarb hisoblanadigan oliy va o‘rta ta’lim o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish masalalari doirasida tomonlar kadrlar tayyorlash injeneriyasi, xususan, til bo‘yicha, shuningdek, boshqa mutaxassisliklarga fransuz tili ta’limi berish injeneriyasi borasida hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashishdi.

Fransiya elchisi o‘zbekistonlik talabalar fransuz tilida barcha mutaxassisliklar bo‘yicha, shuningdek, boshqaruv, injenerlik fanlari, irrigatsiya kabi sohalarda ingliz tilida Fransiyada oliy ta’lim olish imkoniyatiga ega ekanliklari haqida to‘xtaldi.

Talabalar mobilligi borasida Fransiya hukumati grantlari ta’lim uchun to‘lovlarni, stajirovkalar hamda ijtimoiy sug‘urtalarni qoplashini ta’kidlab o‘tdi. Fransiyaga borib ta’lim olishni istagan talabalar fransuz tilidan bilim darajalarini oshirishlari uchun Toshkent fransuz alyansi kurslariga qatnashish imkoniyati mavjud. O‘zbekiston bilan hamkorlik qiluvchi ko‘plab korxonalar nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq qilish stajirovkalarini taklif etadi.

12-yanvar kuni Toshkent fransuz alyansida, 15 va 16-mart kunlari O‘zbekiston Milliy universitetida o‘tkaziladigan tadbirlarda Fransiyada ta’lim borasida ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, bunday ma’lumotlarni Toshkent fransuz alyansi qoshida joylashgan Kampus Frans agentligining O‘zbekiston bo‘limidan ham olish mumkin.

publie le 12/04/2017

hautdepage