O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parijga rasmiy tashrifi: Luvr muzeyi bilan hamkorlik [fr] [ru]

Parijda rasmiy tashrifi chog‘ida Shavkat Mirziyoyev 9-oktabr kuni Luvrda bo‘lib, muzey direktori Jan-Lyuk Martinez hamrohligida muzey osori attiqalarini tomosha qildi.

Oliy darajadagi tashrif doirasida Luvr muzeyi va O‘zbekiston Respublikiasi Madaniyat vazirligi qoshidagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hujjatda san’at va madaniyat tarixi, muzeyshunoslik, san’at asarlarini ta’mirlash, asrab-avaylash borasida ilmiy hamkorlik, arxeologiya, tajriba almashinuv, kadrlar tayyorlash sohalarida hamkorlik, shuningdek, eng muhimi, 2021-yil kuz oylarida Luvr muzeyida O‘zbekiston arxeologiyasiga bag‘ishlangan yirik ko‘rgazma tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Yelisey saroyida oliy darajadagi uchrashuvlar chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Luvr muzeyi direktori Jan-Lyuk Martinez mazkur memorandumni o‘zaro almashishdi.

Luvr muzeyi mutaxassislarining O‘zbekistonga safari to‘g‘risidagi maqola

Visite du Président ouzbek au musée du Louvre
Echange du protocole d'accord avec le musée du Louvre au palais de l'Elysée
Signature d'un protocole d'accord entre le musée du Louvre et la Fondation ouzbèke pour le développement de la culture et des arts

publie le 10/10/2018

hautdepage