O’zbekiston Respublikasida fransuz vizasini olish tartibi [fr] [ru]

O’zbekistonda fransuz vizasini olish uchun Fransiyaning Toshkent shahridagi elchixonasiga murojaat qilishingiz kerak.
Ma’lumot olish, zarur hujjatlarni tayyorlash, ularni konsullikka taqdim etish, shuningdek, arizangizni ko’rib chiqish natijalari to’g’risida ma’lumot olish uchun siz “Fransiya vizalari” rasmiy saytiga tashrif buyurishingiz kerak.
Fransiya vizalari”– bu viza olish va bu jarayonning har bir bosqichida zarur bo’lgan barcha ma’lumotlarni o’z ichiga olgan yagona portal (hujjatlar to’plamini tayyorlash, ro’yxatdan o’tish va anketani topshirish hamda ariza holati to’g’risida ma’lumot olish).

Fransiya vizalari” – bu viza olish va bu jarayonning har bir bosqichida zarur bo’lgan barcha ma’lumotlarni o’z ichiga olgan yagona portal (hujjatlar to’plamini tayyorlash, ro’yxatdan o’tish va anketani topshirish hamda ariza holati to’g’risida ma’lumot olish).

Vizalarni olish jarayonining asosiy bosqichlari

Sizga viza kerakmi?

PNG Sizning vaziyatingizga qarab, “Fransiya vizalari” sayti o’zining “viza yordamchisi” funksiyasi tufayli, sizga fransuz vizasi kerak yoki kerak emasligini hamda qanday viza turini olishingiz kerakligini bilib olishga yordam beradi. Bundan tashqari, anketaga ilova qilinadigan hujjatlar to’plami va konsullik badalining miqdori haqida ma’lumot beriladi.

Onlayn viza anketangizni to’ldiring.

PNG Fransuzi vizasini olish kerak yoki kerak emasligini tekshirgach, siz vizani olish uchun anketani onlayn topshirishingiz mumkin. Buning uchun siz “Fransiya vizalari” portalida ro’yxatdan o’tishingiz kerak, bunda sizga viza olish uchun hujjatlarni topshirishning butun jarayoni davomida maslahat beriladi.

Hujjatlaringizni Viza bo’limiga taqdim eting.

PNG Onlayn anketani to’ldirgandan so’ng siz Fransiyaning O’zbekistondagi elchixonasining viza bo’limiga hujjatlarni topshirishingiz kerak. “Fransiya vizalari” saytida qayerga murojaat qilish va arizani topshirish tartibi haqida zarur ma’lumotlar taqdim etilgan.

Arizangizni ko’rib chiqish holati va natijasi.

PNG Hujjatlarni topshirgandan so’ng, viza arizangizni ko’rib chiqish holati va natijasini bilib oling hamda pasportingizni qachon va qanday olish, shuningdek, Fransiyaga safaringizni qanday tayyorlash haqida bilib oling.

Muhim:

Qabulga yozilish va arizangizni ko’rib chiqish muddatlari sizning fuqaroligingiz va mavsumga qarab farq qilishi mumkin.
Fransuz vizasini olish uchun murojaat etuvchi fuqarolardan Fransiyaga safarning sanasi bilan bog’liq muddatlarni inobatga olgan holda, viza olish uchun hujjatlarni oldindan taqdim etishni so’raladi.

publie le 24/10/2018

hautdepage