O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining Parijga tashrifi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Fransiya Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vaziri Loran Fabius taklifiga binoan 6-7-noyabr kunlari Parijga tashrif buyurdi. Bu vazirlarning uchinchi uchrashuvidir.

Muzokaralar va siyosiy maslahatlashuvlar chog‘ida Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarining barcha qirralari, shuningdek, Afg‘oniston, Ukraina, Siriya va Iroqdagi vaziyatlar singari dolzarb xalqaro masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Tashrif munosabati bilan vazirlar sog‘liqni saqlash sohasida va Toshkent Fransuz alyansini ta’sis etish to‘g‘risida bitimlar imzolashdi.

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining o‘rinbosari janob To‘laganov, Senat Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi raisi janob Safoyevlar hamrohligidagi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri MEDEF International tomonidan tashkil etilgan biznes-forumda ham ishtirok etdi. Mazkur forumda O‘zbekistonga investitsiya kiritish imkoniyatlari qiziqtiruvchi o‘ttizdan ortiq fransuz korxonalari qatnashdi. Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Fransiya Senatining tashqi ishlar, mudofaa va qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Jan-Pyer Raffaren, Fransiya Bosh vazirining mudofaa va milliy xavfsizlik bo‘yicha bosh kotibi Lui Gotye, Fransiya Prezidenti diplomatik maslahatchisi janob Odiberlar bilan uchrashdi.

Janob Abdulaziz Kamilov Fransiya rivojlanish agentligining ijrochi direktori Jan-Mark Gravellini bilan ham muzokaralar o‘tkazdi.

© Ministère des Affaires étrangères et du Développement international/Bruno Chapiron
© Ministère des Affaires étrangères et du Développement international/Bruno Chapiron
© Ministère des Affaires étrangères et du Développement international/Bruno Chapiron

publie le 29/01/2015

hautdepage