O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasida uchrashuv [fr] [ru]

2016-yil 13-may kuni Fransiya elchisi Jak-Anri Els o‘z iltimosiga binoan O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi Tanzila Narbayeva tomonidan qabul qilindi.

Ushbu uchrashuvni o‘tkazishdan maqsad Federatsiya va xalqaro institutlar (XMT, Jahon banki) o‘rtasidagi, jumladan, paxta terimi mavsumida majburiy mehnatning oldini olish hamda umumiy mehnat sharoitlarini yaxshilash borasidagi mavjud hamkorlikni muhokama qilishdan iborat edi.

T. Narbayeva elchiga O‘zbekiston mehnat bozorining ahvoli, shu jumladan, professional kollejlarni bitirgan yoshlarni va xususan yosh qizlarni ish bilan ta’minlash uchun O‘zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi. Bundan tashqari, iqtisodiyotning alohida sohalari modernizatsiya qilinishi natijasida yoshlar oldida ochilayotgan yangi imkoniyatlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.

Tomonlar Fransiya-O‘zbekiston hamkorligini, xususan, Toshkent viloyatining sanatoriylaridan birida 2016-yil 14-17-iyun kunlari fransuz tili o‘qituvchilari uchun yozgi maktab o‘tkazishga bog‘liq masalalarni muhokama qilishdi.

publie le 10/06/2016

hautdepage