O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan musobaqa [fr] [ru]

2019-yil 28-oktabr-1-noyabr kunlari Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi bilan hamkorlikda fransiyalik qilichbozlik ustasi va Fransiya qilichbozlik federatsiyasining Yangi Akvitaniya bo‘yicha mintaqaviy texnik direktori Mari-Aleksiya Blum tashrifini tashkil etdi.

Blum xonim Toshkent qilichbozlik klubida hamda "Paxtakor" qilichbozlik zalida 9-12 yoshdagi sportchilar uchun mashg‘ulotlar o‘tkazdi va 31-oktabr kuni ular uchun musobaqa tashkil etdi. Ta‘kidlash joizki, bu turdagi musobaqa O‘zbekistonda birinchi marotaba o‘tkazildi.

Ushbu sohadagi hamkorlik 2020-yilda ham davom etadi.

Organisation d'une compétition conjointe avec la Fédération ouzbèke d'Escrime
Organisation d'une compétition conjointe avec la Fédération ouzbèke d'Escrime
Organisation d'une compétition conjointe avec la Fédération ouzbèke d'Escrime

publie le 05/11/2019

hautdepage