O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida Inna Sandlerning shaxsiy ko‘rgazmasi ochilish marosimi

22-yanvar kuni Fransiya elchisi Jak-Anri Els janoblari O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi direktori o‘rinbosari Kamola Oqilova bilan birgalikda rassom Inna Sandlerning 2015-yil bahor oylarida Parijdagi Xalqaro tasviriy san’at markazida malaka oshirishda bo‘lgan davrida yaratilgan bir turkum rangtasvir asarlari ko‘rgazmasini ochib berdi.

Ushbu turkumdagi akril va akvarel rangtasvirlarga fransuz bolalari “Dada” deb ataydigan yog‘och ot asosiy mavzu qilib tanlangan. Ochilish marosimida rassom Lyudovik XIV davridagi harbiy otliqlar tomoshalari, ya’ni karuselning zamonlar osha o‘zgarishlarga uchrab, bolalar oto‘yiniga aylanish jarayonidan ilhom olganligini ta’kidladi.

2013-yildan buyon Fransiya elchixonasi Parij Fransuz instituti dasturlari doirasida o‘zbek san’atkorlarini malaka oshirib kelishlari uchun muntazam ravishda Parijdagi Xalqaro tasviriy san’at markaziga jo’natib kelmoqda.

publie le 10/03/2016

hautdepage