O‘zbekiston universitetlariga elchixonaning tuhfasi

Fransiya elchixonasi O‘zbekistondagi sakkizta universitetga fransuz tili grammatikasi va metodikasiga oid kitoblar to‘plamini taqdim etdi.

Bular : O‘zbekiston Milliy Universiteti, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti, Buxoro, Farg‘ona, Andijon, Urganch, Qarshi Davlat universitetlari va Samarqand Davlat chet tillar instituti. Kitoblar 16-aprel kuni Fransiya elchixonasida mazkur oliy o‘quv yurtlari fransuz tili kafedralaridan kelgan o‘qituvchilarga tantanali tarzda taqdim etildi.

Ushbu xayrli ish Fransiya elchixonasining Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlik munosabatlari doirasida amalga oshirildi.

publie le 17/04/2015

hautdepage