O‘zbekiston va Fransiya Administratsiya milliy maktabi o‘rtasida hamkorlik yangilandi [fr] [ru]

Joriy yilning 27-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi va Fransiyaning Administratsiya milliy maktabi (ENA) o‘rtasida hamkorlikning mustahkamlanishi belgisi ostida o‘tdi.

Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori hamda 2019-yil yanvar oyidan boshlab Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibligiga tasdiqlangan Vladimir Norov shu kunni davlat boshqaruvi sohasida ikki tomonlama hamkorlikka bag‘ishladi. Vladimir Norov ertalab O‘zbekiston Respublikasining Parijdagi elchixonsaida o‘tkazilgan davlat boshqaruvini mukammallashtirish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy anjumanga raislik qildi. ENA xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Pyer Tenar va modernizatsiya va innovatsiya masalalari bo‘yicha mutasaddi Fransuaz Ventrop ushbu anjumanda ma’ruza qilishdi. O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev hamda Vladimir Norovlar O‘zbekistonda amalga oshirilgan teran o‘zgarishlar, mamlakat prezidenti tomonidan ilgari surilayotgan va davlat boshqaruvi, sud hokimiyati hamda iqtisodiyotni qamrab oluvchi ulkan islohotlar dasturi borasida to‘xtalib o‘tishdi.

Vladimir Norov rahbarlik qilayotgan va tarkibida Davlat boshqaruvi akademiyasi vakillari ham bo‘lgan O‘zbekiston delegatsiyasi tushdan keyin ENAning Parij bo‘limida ikkita hamkorlik bitimi imzolanishi marosimida ishtirok etishdi. Davlat boshqaruvi akademiyasi va ENA o‘rtasida hamkorlik bitimi yangilandi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bilan yangi hamkorlik bitimi tuzildi.

Ikki tomonlama hamkorlikning rivojlanishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 8-9-oktabr kunlari Fransiyaga rasmiy safari doirasida amalga oshirilgan tadbirlar sirasiga kiradi.

Manba

Une coopération renouvelée entre l'Ouzbékistan et l'ENA
Une coopération renouvelée entre l'Ouzbékistan et l'ENA
Une coopération renouvelée entre l'Ouzbékistan et l'ENA
Une coopération renouvelée entre l'Ouzbékistan et l'ENA

publie le 18/10/2018

hautdepage