O‘zbekistonda “Goût de / Good France” festivali

2015 yilgi “Goût de / Good France” (Fransiya ta’mi) festivali muvaffaqiyat bilan o‘tganligi sababli Fransiya Tashqi ishlar vazirligi ushbu tadbirni joriy yil ham tashkil etishga qaror qildi. Dunyoning 5 qit’asida mingdan oshiq bosh oshpazlar fransuz oshxonasi fazilatlarini hamda uning o‘zgalar bilan baham ko‘rish va mehmonnavozlik kabi qadriyatlarini yana bir bor ulug‘lashadi.

O‘zbekistonda bu yil ham, xuddi 2015-yil mart oyidagi kabi, “Caravan Group” o‘zining Cinara’s restoranida 21 mart kuni soat 17.00 da Fransiya elchixonasi tomonidan maxsus taklif etilgan ikki yulduzlik bosh oshpaz Jerar Kanya va uning yordamchisi Eloiz Monziyes mutasaddiligi ostida tansiq fransuz taomlari tayyorlanadigan ziyofat tashkil etadi.

publie le 23/03/2016

hautdepage