O‘zbekistonda fransuz-olmon «ARTE» telekanali uchun hujjatli film suratga olindi [fr] [ru]

Fransiyaning «Electron Libre Production» kompaniyasining suratga olish guruhi fransuz-olmon «ARTE» telekanali buyurtmasi bilan ishlanayotgan «Ipak yo‘li va boshqa mo‘jizalar» nomli hujjatli filmning bir necha qismini tasvirga olish uchun 9-18-iyul kunlari O‘zbekistonda bo‘ldi. Ushbu hujjatli film Turkiyadan Xitoygacha bo‘lgan 6 mamlakat hududlarida qadimiy ipak yo‘li izlarini kashf etish uchun qilingan sayohat haqida hikoya qiladi.

Har biri 26 minut davom etadigan 15 qismlik hujjatli filmning 3 ta qismi O’zbekistonda ishlandi. Tasvirga olish ishlari Fransiya elchixonasi ko‘magi hamda O‘zbekturizm agentligining logistik yordami bilan amalga oshirildi.

O‘zbek tarixchi va arxeologlari bilan suhbatlar orqali boshlovchi Alfred de Monteskiu Samarqand, Buxoro, Toshkent, Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlari bilan tomoshabinni tanishtiradi, mahalliy aholi bilan ucrashadi, me’morchilikdan tortib to urf-odatlargacha bo‘lgan o‘zbek milliy merosini ko‘rsatib beradi.

Ushbu hujjatli film «ARTE» telekanali orqali Fransiya va Germaniyada namoyish etiladi va ko‘psonli tomoshabinlarni qamrab oladi.

JPEG

publie le 27/07/2016

hautdepage