O‘zbekistonda fransuz tilini o‘rganuvchilar uchun videoklip tanlovi

Fransiya elchixonasi o‘quvchilar, talabalar va o‘qituvchilar e’tiboriga tanlov e’lon qiladi. Tanlovda ishtirok etishni istaganlar O‘zbekistonda fransuz tilini o‘rganishni targ‘ib etuvchi videoklip suratga olishlari kerak.

Uch minutgacha davom etadigan videoklip kechi bilan 2016-yilning 20-fevraligacha tanlov hay’atiga jo‘natilishi lozim. Taqdim etilgan ishlar asosida umumiy videoklip yaratilib, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Frankofoniya bayramida 17-mart kuni namoyish etiladi.

Tanlovga yozilish varaqasi (Word – 31.5 Kb)
Tanlov qoidalari (PDF - 204.9 Kb)
2015-yilgi tanlov natijasini tomosha qiling.

publie le 30/03/2016

hautdepage