O‘zbekistonda shamol energetikasi salohiyatini rivojlantirishga bag‘ishlangan konferensiya (9-iyun, Toshkent) [fr] [fr]

9-iyun kuni Toshkentda Fransiya elchisi Jak-Anri Els O‘zbekiston Republikasi Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari B. Xodjaev, «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi I. Basidov bilan bir qatorda O‘zbekiston shamol energetikasi salohiyatini rivojlantirishga bag‘ishlangan konferensiyaning ochilish marosimida ishtirok etdi. Tadbir Jahon banki tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, unda o‘zbekistonlik va xorijlik mutaxassislar ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar O‘zbekiston shamol energetikasi salohiyatiga bag‘ishlangan tadqiqot ishlarining natijalarini taqdim etishdi.

O‘z nutqida elchi yaqinda kamida 177 mamlakat tomonidan imzolangan iqlim bo‘yicha Parij bitimi haqida to‘xtalib o‘tdi va Fransiya iqlimga bog‘liq loyihalarga ajratadigan yillik mablag‘larni 2020-yilgacha 3 milliarddan 5 milliardga yetkazish niyatida ekanligini ta’kidladi. Ushbu moliyaviy yordam energetika samaradorligini oshirish va kelajak avlodlarga sifatli hayotni ta’minlashga intilgan davlatlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘llantiriladi.

Fransiyaning shamol energetikasini taqdim qilarkan, elchi Fransiya bu yo‘nalishdagi tajribasi bilan ulashish hamda O‘zbekistonning hamkorlaridan biriga aylanishga tayyor ekanligini bildirdi. Darhaqiqat, Fransiyada bir qator yirik korxonalar shamol energetikasi sohasida faoliyat ko‘rsatadi. Toshkentda Fransiya taraqqiyot agentligining mintaqaviy vakolatxonasi ochilishi ham bu yo‘ldagi O‘zbekiston sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga imkoniyatlar ochib beradi.

JPEG

publie le 20/06/2016

hautdepage