O‘zbekistonda yangi loyiha: qishloq joylarining barqaror rivojlanishi

Fransiya qishloq xo‘jaligi sohasiga oid davlat tajribasi O‘zbekistondagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi tomonidan e’lon qilingan «O‘zbekiston qishloq joylarining barqaror rivojlanishi» loyihasida ishtirok etishga qiziqishini bildirdi.

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilishga ko‘maklashish maqsadida joriy yilning iyul oyida Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi O‘zbekistonga zamonaviy yevropalik tajriba va texnologiyalarni chorvachilik va bog‘dorchilik kabi ikkita yirik sohalarda "pilot" loyihalarni amalga oshirish orqali jalb qilish maqsadida germaniyalik «GIZ» boshchiligidagi fransiyalik «Adecia», italiyalik «AIA» va bolgariyalik «CEED» tashkilotlardan iborat birlashmani tanlab oldi. Ushbu loyiha 3 yil davom etib, uning rasmiy boshlanishi 2016-yilning yanvar oyiga belgilangan. Loyihaning qiymati 9,3 million yevroni tashkil qilib, uning 70 foizi "pilot" loyihalarga qaratiladi.

Ushbu loyiha O‘zbekiston bozoriga Yevropa qishloq xo‘jalik mol va xizmatlari uchun yo‘l ochib beradi. Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat sanoati sohalaridagi hamkorlik 2014-yil 13-mart kuni Parijda bo‘lib o‘tgan iqtisodiy va savdo hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishida ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan edi. O‘zbekistonda Fransiya va Yevropa qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun muhim istiqbollar mavjud.

Shu bilan birga ushbu loyihada ishtirok etish o‘zbekistonlik fermer xo‘jaliklariga fransuz zamonaviy texnologiyalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lni ochib beradi. Ushbu loyihaning ehtiyojlariga ko‘ra unga «Adecia» tarmog‘iga oid barcha malaka va tajribalarni, xususan, Fransiya qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi (MAAF), Chorvachilik instituti (Institut de l’élevage), Fransiya uzumchilik va vinochilik instituti (Institut Français de la Vigne et du Vin), Fransiya xalqaro veterinariya xizmati (FVI), Monpelye davlat agronomiya instituti (Montpellier SupAgro), Urug‘chilik va ko‘chatchilik davlat kasaba uyushmasi (GNIS), Kartoshka ekinlarini yetishtirish milliy federatsiayasi (FN3PT), Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning sifatini nazorat qilish davlat instituti (INAO) kabi muassasalarni jalb qilish mumkin.

Loyiha aniq tadbirlar va namoyish ishlari orqali yordamga muhtoj yo‘nalishlarni (bog‘dorchilik, chorvachilik, vinochilik…) chuqur o‘rganib chiqishga qaratilgan texnik-iqtisodiy asosnomaning tuzilishidan boshlanadi (birinchi yil).

Ikkinchi bosqichda (ikkinchi va uchinchi yillar) "pilot" tadbirlar aniqlangandan so‘ng, o‘zbekistonlik hamkorlar (asosan fermerlar ho‘jaliklari yoki davlat muassasalari) jihoz-anjomlarni sotib olish, malakalarni oshirish va quyidagi sohalarda faoliyatni takomillashtirish uchun mablag‘ bilan ta’minlanadi: qishloq xo‘jalik sarf-xarajatlariga oid takliflarni (ekinlar, mollar), sifat nazorati darajasini, veterinariya xizmatlarini, ishlab chiqarish bosqichlarida kerak bo‘ladigan jihozlarni (konservalash, mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash va qadoqlash jihozlari) takomillashtirish. Shu bilan birga malaka oshirish va texnik yordam olish ham ko‘zda tutilmoqda. Qishloq xo‘jaligiga tegishli konsultatsiya olish, malaka oshirish, geografik indikatorlarni rivojlantirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ham ish olib borish rejalari bor.

Batafsil ma’lumotga ega bo‘lish uchun quyidagi havolaga o‘tishingizni so‘raymiz:
• Ingliz tilida : EU_Action Fiche_Uzbekistan_Sustainable Rural Development
• Fransuz tilida : EU_Fiche-Action_Ouzbekistan_Développement-rural_fr
Mas’ul shaxs: Pierre Poussard (pierre.poussard @ agriculture.gouv.fr)

publie le 24/12/2015

hautdepage