O’zbekistonlik harbiylar uchun fransuz tili kurslari [fr] [ru]

2018-yil 3-dekabr kuni Fransiyaning O’zbekistondagi elchixonasi qoshidagi mudofaa missiyasi O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 10 nafar ofitseri uchun fransuz tili kurslarining ochilishida ishtirok etdi.

Ushbu harbiy xizmatchilar olti oy mobaynida intensiv kurslarda tahsil oladilar, bu esa ularga kurslar oxirida Fransiya Qurolli Kuchlari vazirligi tomonidan tan olinadigan fransuz tili bo’yicha harbiy diplom olish uchun imtihondan o’tish imkonini beradi.

Bu tadbir yana bir bor mudofaa sohasida ikki tomonlama munosabatlarimizning yuqori sifatidan dalolat beradi.

Lancement des cours de français au profit d'officiers ouzbeks
Lancement des cours de français au profit d'officiers ouzbeks

publie le 06/12/2018

hautdepage