Olij Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri bilan uchrashuv

2015-yil 25-fevral kuni Fransiya elchisi Jak-Anri Els janoblari O’zbekiston Respublikasi Olij Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov janoblari bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarning muhim jihatlari, shuningdek, 2015-yildagi hamkorlik loyihalari, xususan, iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma komissiyaning Toshkenda o‘tkazilishi va O‘zbekiston rasmiy vakillarining dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan Parij anjumanida ishtiroki yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasida parlamentlararo munosabatlarning rivoj topayotganligini alohida qayd etishdi.

Uchrashuvda Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisi Ulug‘bek Muhammadiyev va Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Rustam Komilovlar ham ishtirok etishdi.

publie le 16/03/2015

hautdepage