Oliy Majlis Senati Raisi bilan uchrashuv

2015-yil 20-fevral kuni Fransiya elchisi O‘zbekiston Respublikasi Senatining yangi saylangan raisi Yo‘ldoshev janoblari bilan uchrashdi. Muloqot paytida tomonlar parlamentlararo aloqalar va 2015-yilgi hamkorlik istiqbollari borasida ham fikr almashishdi.

O‘tgan yilning may oyida Fransiyaga tashrifi chog‘ida o‘zbek deputatlari delegatsiyasi Fransiya-O‘rta Osiyo do‘stlik guruhi raisi Andre Dule qabulida bo‘lgan edi. Qabul chog‘ida saylov jarayonlari to‘g‘risida muloqot yuritilgan edi. Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning 2014-yil 6-7-noyabr kunlari Fransiyaga tashrifi doirasida o‘zbek delagatsiyasi Fransiya Respublikasi Senatining tashqi siyosat, mudofaa va qurolli kuchlar masalalari qo‘mitasi raisi Jan-Pyer Raffarin janoblari bilan uchrashdi. Delegatsiya tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Senatining Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi raisi Sodiq Safoyev ham bor edi. Parlamentariylarning Fransiya va O‘zbekiston aloqalarini rivojlantirishga qo‘shadigan hissalari katta ahamiyatga ega ekanligini hisobga olgan holda, bu munosabatlarni 2015-yilda ham davom etdirish maqsadga muvofiq.

JPEG

Elchi janoblari Fransiya Respublikasi Senati Fransiya-O‘rta Osiyo do‘stlik guruhining yangi tarkibini tanishtirdi: guruh raisi janob Pozzo di Borgo va O‘zbekiston bo‘yicha rais o‘rinbosari Dominik Jillo xonim. Pozzo di Borgo 2013-yil sentabr oyida O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Fransiya elchisi va Senat raisi uchrashuvida Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Dadaxo‘jayev ham ishtirok etdi.

publie le 11/03/2015

hautdepage