Oliy o‘quv yurtlari fransuz tili o‘qituvchilari va fransuz tili metodistlari uchun respublika miqyosidagi malaka oshirish seminari (2015-yil 13-16-aprel)

Fransiya elchixonasi 13-16-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti bilan hamkorlikda barcha viloyatardan kelgan fransuz tili o‘qituvchilari uchun fransuz tilini o‘qitish metodikasi bo‘yicha malaka oshirish seminarini tashkil etdi.

Fransiya elchisi Jak-Anri Els janoblari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Botir Usmonov va O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti rektori Shuhrat Qayumovlar seminarni ochib berishdi.

Fransiyadan kelgan trener o‘qituvchi Elodi Ressush (ta’lim sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha mutaxassis), Yuliya Mrachkovskaya (chet tilidan bilim darajasini sertifikatsiyalash bo‘yicha mutaxassis), O‘zDJTU o‘qituvchisi G‘ayrat Masharipov va O‘zMU o‘qituvchisi Yuliya Lilar to‘rt kun davomida oliy va o‘rta ta’lim muassasalarida fransuz tili ta’limiga bag‘ishlangan ushbu seminarni olib borishdi.

Seminar doirasida Elodi Ressush xonim «Xorijiy tillarni o‘qitishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari» mavzusida ma’ruza qildi. Fransuz tili ta’limi metodikasi bo‘yicha o‘zaro tajriba almashinuv, munozara, mushohada va mubohasalarga boy bo‘lgan mazkur seminarda Farg‘ona, Andijon, Buxoro, Samarqand, Urganch, Qarshi va Toshkentdan 45 ta fransuz tili o‘qituvchisi va 27 ta fransuz tili metodistlari ishtirok etishdi.

publie le 27/04/2015

hautdepage