Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri bilan uchrashuv

Fransiya elchisi Jak-Anri Els janoblari 9-aprel kuni universitetlararo hamkorlik hamda O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida fransuz tili ta’limining bugungi kundagi ahvoli to‘g‘risida fikrlashib olish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Alisher Vahobov qabulida bo‘ldi.

2013-yil va 2014-yil mart oylarida bir qator O‘zbekiston universitetlari rektorlarining Fransiyaga safari natijasi o‘laroq, universitetlararo hamkorlik anchagina rivojlanganligi bilan tomonlar bir-birlarini qutlashdi. Yaqinda Versal akademiyasi qoshidagi Pedagogika va ta’lim oliy maktabi (ESPE) va O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti o‘rtasida, shuningdek, Tuluz 1 universiteti bilan Toshkent Davlat yuridik universiteti o‘rtasida ikkita hamkorlik bitimlari imzolandi.

"Kampus Frans" milliy agentligi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan «Universitetlar ipak yo‘li» deb nomlanuvchi loyiha doirasida Fransiya universitetlari vakillaridan iborat katta delegatsiyaning joriy yilning noyabr oyida O‘zbekistonga tashrifi imkoniyatlari haqida ham to‘xtab o‘tildi.

Fransuz tili o‘qitilishi xususida to‘xtaladigan bo‘lsak, elchixona chet tillar ta’limini rivojlantirishda joriy etilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi, xususan, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda va fransiyalik metodistlar ishtirokida malaka oshirish seminarlarini muntazam tarzda tashkil etib boradi.

publie le 27/04/2015

hautdepage