Parij 2015 / COP 21 konferensiyasi logotipining taqdimoti

Fransiya Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vaziri Loran Fabius u raislik qiladigan Parij Iqlim 2015 (COP21) konferensiyasining logotipini taqdim etdi. Vazir murakkab, biroq muhim maqsad iqlim o‘zgarishini 2°C darajasida saqlash ekanligini eslatib o‘tdi.

Mazkur anjumanga tayyorgarlik ishlari o‘ziga xos tarzda, Peru davlati bilan birgalikda va fuqarolik jamiyati bilan uzviy hamkorlikda olib boriladi. Anjuman 2015-yilning 30-noyabridan 11-dekabrigacha Burje shahrida bo‘lib o‘tadi. 196 Tomon, 40 000 qatnashchi va 3 000 jurnalist ishtirok etishi kutilayotgan COP21 anjumani tevarak-atrofni muhofaza qilish normalariga rioya qilish borasida namunali bo‘ladi.

JPEG

Loran Fabiusning ta’kidlashicha: «Dekabr oyida Parij shahrida iqlim borasidagi ilk umumjahon bitimning imzolanishiga erishish uchun barcha mamlakatlar bilan birgalikda yil davomida ish olib boramiz va buning amalga oshishiga umid qilamiz. Bu juda murakkab ish, negaki, har bir davlat, ayniqsa, iqlim buzilishiga eng ko‘p hissa qo‘shuvchi davlatlar birinchi o‘rinda bu ishga albatta bosh qo‘shishi kerak.»

publie le 06/01/2016

hautdepage