Parijda Fransiya-O’zbekiston biznes forumi (2018-yil 5-oktabr) [fr] [ru]

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga rasmiy tashrifi munosabati bilan MEDEF International va O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamkorlikda Biznes forum tashkil etdi. Forum 5-oktabr kuni Parij shahrida bo’lib o’tdi.

Ushbu havolada har tomonlama samarali bo’lib o’tgan tadbir to’g’risida O’zbekiston 24 telekanalining reportaji bilan tanishishingiz mumin.

Mazkur forumda energetika, qurilish, aviatsiya, qishloq xo’jaligi, oziq-ovqat sanoati, kimyo-texnologiya kabi turli sohalarda faoliyat yurituvchi fransuz va o’zbek korxonalari ishtirok etishdi. Forum davomida Fransiya va O’zbekistonning bir qator korxonalari va davlat tashkilotlari vakillari bitimlar imzolashdi, O’zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar borasida, investitsiya va hamkorlik istiqbollari to’g’risida o’zaro fikr almashib olishdi.

Forum d'Affaires franco-ouzbek à Paris (le 5 octobre 2018)
Forum d'Affaires franco-ouzbek à Paris (le 5 octobre 2018)

publie le 10/10/2018

hautdepage