Parijdagi Xalqaro tasviriy san’at markazida o‘zbekistonlik rassom

O‘zbekistonlik rassom Inna Sandler uch oy davomida (3-apreldan 29-iyungacha) Parijdagi Xalqaro tasviriy san’at markazida o‘z malakasini oshirib keldi. Parijdaligida Inna Sandler «Dada» (yog‘och otlar, manej otlari yoki o‘yinchoq otlar tasviri) deb nomlangan turkumga kiruvchi yigirmatacha rangtasvir asarlar yaratdi. Ushbu asarlar ko‘rgazmasi 16-iyun kuni Parijda bo‘lib o‘tdi va kelgusida Toshkent shahrida ham ko‘rgazmaga qo‘yiladi.

Shuni ta’kidlab o‘tish joyizki, bu yil yana bir o‘zbek rassomi Jamol Usmonov ham mazkur markazda uch oy davomida yashab ijod qildi.

Har yili ellikdan ortiq mamlakatlardan tashrif buyuruvchi minglab rassomlar Xalqaro tasviriy san’at markazining 324 ustaxonasida yashab ijod qilishadi. Elchixona va Parijdagi Fransuz Instituti taklifiga binoan bir nechta o‘zbek rassomlari bunday imkoniyatdan foydalanishgan. Ular qatorida Bobur Ismoilov va Yuliya Drobovalarni tilga olish mumkin.

Inna Sandler
Inna Sandler
Un des tableaux dans le cadre d'une série intitulée « Dada »

publie le 03/07/2015

hautdepage