Parkent: Fransuz tili ta’limini rivojlantirish yo‘lida

Fransiya elchixonasining Til ta’limi hamkorligi attashesi Frederik Viyom xonim joriy yilning 9-fevral kuni Parkentdagi 9-umumta’lim o‘rta maktabiga tashrif buyurdi.

Viyom xonimni Parkent tuman hokimi O‘ktam Alimov, Tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi mudiri Muhsiddin Hasanov, 9-son maktab direktori Nafisa Do‘stmatova, maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari kutib olishdi.

Tashrif mobaynida Til ta’limi hamkorligi attashesi fransuz tili darslariga kirib ko‘rdi, o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna asarini tomosha qildi hamda Parkent tumanidagi fransuz tili o‘qituvchilari bilan muloqot qildi.

publie le 15/02/2016

hautdepage