Parkentga tashrif [fr] [ru]

23-may kuni ta’lim hamkorligi bo‘yicha attashe Sofi Jindt Parkent tumanidagi 9-son o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurib, fransuz tili bayramida ishtirok etdi. Maktabda 390 nafar o‘quvchi fransuz tilini chet tili sifatida o‘rganishadi. So‘ngra attashe So‘qoq qishlog’idagi 36-son o‘rta ta’lim maktabida ham bo‘ldi. Ushbu maktabda 650 nafar o‘quvchiga fransuz tili o‘qitiladi.

Attashe maktablar rahbariyati, fransuz tili o‘qituvchilari bilan muloqotda bo‘ldi, ta’lim tizimida fransuz tili muhim ahamiyat kasb etganligiga yana bir bor amin bo‘ldi. Bugungi kunda Parkent tumani maktablarida 3000 dan ortiq o‘quvchilar fransuz tilini o‘rganishmoqda.

publie le 24/05/2018

hautdepage