Parlamentlararo hamkorlik

2012 yil 12-noyabr kuni Orn shahrining senatori va "Fransiya-Markaziy Osiyo" do`stlik guruhining a’zosi Natali Gule Toshkent shahriga tashrif buyurdi.

Tashrif chog`ida N. Gule O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qo`mitasi raisi S. Safayev bilan uchrashuv o`tkazdi (suratga q.) hamda O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A. Kamilov tomonidan qabul qilindi.

JPEG - 2.7 Mo

Mazkur uchrashuvlar davomida ikki davlat o`rtasida parlamentlararo hamkorlik holati va istiqbollariga tegishli masalalar, shuningdek keyingi yil Fransiya senatorlari delegatsiyasining O`zbekistonga rejalashtirilayotgan tashrifiga taalluqli masalalar muhokama etildi. Uchrashuvlar chog`ida Fransiya va O`zbekiston o`rtasidagi parlamentlararo hamkorlik muvaffaqiyatli ekanligi qayd etildi.

JPEG - 3.1 Mo

Shu bilan birga, Fransiya parlamenti senatori Toshkent shahridagi Fransuz maktabi hamda O`zbekistondagi Fransiya institutiga tashrif buyurib, talabalar bilan bir qator uchrashuvlar o`tkazdi va O`zbekistonda frankofoniyaning natijadorligi bilan tanishib chiqdi.

publie le 22/11/2012

hautdepage