«Pejo Sitroen» guruhi va «O‘zavtosanoat» AK o‘rtasida O‘zbekistonda yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv imzolandi [fr] [ru]

16-aprel kuni «Pejo Sitroen» guruhi «O‘zavtosanoat» AK bilan O‘zbekistonda yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona barpo etish bo‘yicha kelishuv imzoladi.

Imzolash marosimida Fransiya elchisi Violen de Vilmor ishtirok etdi. Ushbu qo‘shma korxona har ikki tomonning teng ulushi asosida faoliyat yuritadi. Loyiha bo‘yicha umumiy sarmoya 130 million yevroga teng. «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasida quriladigan yangi zavodda yiliga 16 ming dona yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqariladi. Bunda mahalliy avtomobil butlovchi qismlari ishlab chiqaruvchilarini jalb etish yo‘li bilan kamida 50% mahalliylashtirish darajasini ta’minlash rejalashtirilgan.

Ishlab chiqarilgan avtomobillarning O‘zbekistonda, shuningdek, xorij davlatlar eksport bozorlarida sotilishi rejalashtirilmoqda.

Bunday kelishuvning imzolanishi Fransiya va O‘zbekiston iqtisodiy aloqalarining juda yaxshi ahvolda ekanligini va O‘zbekistonda fransuz korxonalari uchun ko‘plab istiqbolli loyihalar imkoniyati mavjudligini ko‘rsatadi.

publie le 25/07/2017

hautdepage