Postdoktorantura tadqiqotlari uchun Atlas stipendiyasi (2020-yil uchun) [fr] [ru]

Parijdagi “Gumanitar fanlar uyi” fondi (FMSH) Fransiya oliy ta’lim, tadqiqotlar va innovatsiyalar vazirligi hamda Markaziy Osiyo tadqiqotlari fransuz instituti (IFÉAC) bilan hamkorlikda post-doktoral tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Atlas mobillik dasturi doirasida Fransiyaga uch oylik qisqa muddatli stipendiyalar taqdim etadi.

Ushbu stipendiya ilmiy ishlarini 2013-yildan keyin himoya qilgan O‘rta Osiyolik yosh tadqiqotchilarga Fransiyada ilmiy tadqiqotlar: dala tadqiqotlari olib borish, kutubxona va arxivlarda ishlashda ko‘maklashish uchun mo‘ljallangan.

Stipendiya uchun nomzodlik arizalari FMSH saytida 2019-yil 16-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumotlar quyidagi havolada: fransuz tilida, ingliz tilida

JPEG

publie le 09/10/2019

hautdepage