Puatye universiteti vakillarining O‘zbekistonga tashrifi [fr] [ru]

Fransiyaning Puatye universiteti joriy yil O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand va Urganch Davlat universitetlari bilan birgalikda Erasmus+ dasturi bo‘yicha uch yillik hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Matematika, iqtisodiyot, chet tillar va fransuz tilini chet tili sifatida o‘qitish yo‘nalishlarini qamrab oluvchi hamkorlik doirasida talabalar va professor o‘qituvchilar mobilligi amalga oshiriladi. Puatye universitetida bakalavr yoki magistr darajasida ta’lim olish grantiga ega bo‘lish uchun, talabalar ushbu hamkorlik doirasida hujjatlarini topshirishlari kerak. Bunda nomzoddan fransuz tilini kamida B2 darajasida bilishini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.

Ayni paytda ushbu hamkorlik doirasida O‘zbekistonga kelgan Puatye universitetining uch nafar professor o‘qituvchisi O‘zbekiston Davlat jahion tillari universiteti hamda Samarqand Davlat chet tillar institutiga ham tashrif buyurishib, ushbu ta’lim muassasalari rahbariyati, xalqaro aloqalar bo‘limi mutasaddilari hamda o‘qituvchilar bilan muloqotda bo‘lishdi. Uchrashuvlarda Puatye universiteti haqida, universitetda talabalar yoki o‘qituvchilar uchun tashkil etiladigan fransuz tilini chet tili sifatida o‘qitish intensiv kurslari haqida ma’lumotlar berishdi.

publie le 18/12/2019

hautdepage