Qarshi va Shahrisabzda fransuz tili ta’limi: boshlang‘ich sinflardan universitetga [fr] [ru]

Til ta’limi hamkorligi attashesi Frederik Viyom Qashqadaryoga qilgan safari chog‘ida Shahrisabzdagi uchta o‘rta maktab, Qarshidagi Nuriston akademik litseyi hamda Qarshi Davlat universitetini borib ko‘rdi.

Attasheni mazkur muassasalar ma’muriyati va fransuz tili o‘qituvchilari kutib olishdi. Tashrif davomida F. Viyom fransuz tili darslarini kuzatdi, xususan, 13 va 41-maktablarda boshlang‘ich sinflar darslarida ishtirok etdi. Barcha muassasalarda attasheni iliq kutib olishdi. Bu esa o‘quvchilarning fransuz tilini o‘rganishga ishtiyoqlari balandligi, o‘qituvchilar o‘z o‘quvchi va talabalariga fransuz tili va madaniyatidan bilimlarini berishga tayyorligidan dalolat beradi.

publie le 15/02/2017

hautdepage