Qarshida fransuz tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish seminari [fr] [ru]

Elchixona Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda 31-oktabr – 3-noyabr kunlari Qarshi shahrida fransuz tili o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan hududiy malaka oshirish seminarini tashkil etdi.

XTV boshqarma boshlig‘i Abdurahim Nosirov, Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi fransuz tili metodisti Boboyor Ochilov va elchixona til ta’limi hamkorligi attashesi Frederik Viyomlar 31-oktabr kuni ushbu seminarni rasmiy tarzda ochib berishdi. Qarshi shahridagi 2-maktab-internatda o‘tkazilgan mazkur seminarda Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istondan kelgan 47 nafar fransuz tili o‘qituvchisi ishtirok etishdi.
Bo‘lg‘usi trener o‘qituvchilarni tayyorlash bo‘yicha uchinchi bor o‘tkazilayotgan ushbu seminarni fransuz tilini chet tili sifatida o‘rgatish metodikasi bo‘yicha mutaxassis, mustaqil trener Elodi Ressush olib bordi. Unda ishtirok etgan o‘qituvchilar 2017-yilda Respublika bo‘ylab fransuz tili o‘qituvchilari kasbiy mahoratini oshirib borish bo‘yicha har haftalik maxsus kurslar o‘tkazish uchun mas’ul bo‘lishadi.

publie le 23/12/2016

hautdepage