Qarshida fransuz tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish seminari [fr] [ru]

Fransiya elchxonasining madaniy va texnik hamkorlik bo‘limi fransuz tili o‘qituvchilari uchun navbatdagi malaka oshirish seminarini tashkil etdi. Qarshi Muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida 28-30-oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan ushbu seminarda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan 90 dan oshiq fransuz tili o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Monpelye shahridagi «Accent Français» til maktabi o‘qituvchilari Selin Ruzafa va Odri Alter xonimlar seminarni olib borishdi. Seminarda O‘zbekiston o‘quv dasturlaridan kelib chiqqan holda chet tilini o‘rgatishdagi yangi metodlar, tajribalar qamrab olindi.

Elchixonada ta’lim va akademik hamkorlik bo‘yicha attashe Sofi Jindt xonim seminarning yopilish marosimida ishtirok etdi va barcha o‘qituvchilarga guvohnomalar topshirdi. Fursatdan foydalanib, attashe litsey direktori Akmal Qudratov bilan muloqotda bo‘ldi. Akmal Qudratov fransuz tili ta’limini yanada rivojlantirish va ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirish istagini bildirdi.

Formation des professeurs de français à Karchi
Formation des professeurs de français à Karchi
Formation des professeurs de français à Karchi

publie le 12/11/2019

hautdepage