Qarshida tillar bayrami [fr] [ru]

21-fevral kuni Qarshi shahridagi Nuriston akademik litseyida «Tillar festivali» bo‘lib o‘tdi.

Litsey direktori Akmal Qudratov va o‘qituvchilari tashkil etgan ushbu bayramda o‘quvchilar litseyda ta’lim beriladigan o‘zbek, rus, ingliz, nemis, fransuz tillarini ulug’lashdi.

Elchixonaning ta’lim va universitetlararo hamkorlik bo‘yicha attashesi Sofi Jindt ushbu tadbirda ishtirok etib, litseyning fransuz tili o‘qituvchilari bilan tanishdi, ularning samarali mehnatlarini qutladi hamda Fransiya ta’lim muassasalari bilan aloqalar o’rnatish istiqbollari haqida fikrlashdi.

publie le 27/02/2018

hautdepage