Qilichbozlik bo‘yicha o‘spirinlar va o‘smirlar o‘rtasida Toshkentda o‘tkazilgan jahon chempionatida fransuz o‘smir sportchilarining ulkan g‘alabasi

Fransiya elchixonasi fransuz o‘smir sportchilarini Toshkentda 1-9-aprel kunlari bo‘lib o‘tgan qilichbozlik bo‘yicha o‘spirinlar va o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionatidagi g‘alabasi bilan muborakbod etadi. Fransuz sportchilari yakka va guruh tarkibidagi musobaqalarda jami bo‘lib 6 ta medal sohibi bo‘lishdi :

Yakka tartibda:
Oltin medal, Hippolyte BOUILLOT (shpaga)
Oltin medal, Caroline QUEROLI (qilich)
Oltin medal, Coraline VITALIS (shpaga)
Kumush medal, Manon BRUNET (qilich)

Guruh tarkibida:
Kumush medal, Nelson Lopez Pourtier, Clément Dorigo, Hippolyte Bouillot va Romain Cannone (shpaga)
Bronza medal, Erwann Auclin, Maximilien Chastanet, Enguerand Roger, Alexandre Sido (rapira)

9-aprel kuni jahon chempionatining yopilish marosimida O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi Sobir Ruziyev Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi bayrog‘ini Fransiya qilichbozlik federatsiyasi vakillariga topshirdi. Zero navbatdagi qilichbozlik bo‘yicha o‘spirinlar va o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati Fransiyaning Burj shahrida bo‘lib o‘tadi.

Batafsil ma’lumotlar uchun: www.escrime-ffe.fr/

© Augusto Bizzi

publie le 20/04/2015

hautdepage