Qisqa muddatli pedagogik stipendiyalar [fr] [ru]

Fransiya elchixonasi Madaniyat va hamkorlik boʻlimi oʻzbekistonlik besh nafar fransuz tili oʻqituvchisiga qisqa muddatli pedagogik stipendiyalar taqdim etdi. Bular: Yelena Gurshumova (Samarqand shahridagi Lyusyen Keren nomidagi 43-son oʻrta maktab), Tamara Kavilova (Jizzax pedagogika instituti), Saida Sulaymonova (Fargʻona shahar 3-son oʻrta maktab), Dilobar Toirova (Parkent tuman 9-son oʻrta maktab) va Faxriddin Yarmanov (Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti qoshidagi akademik litsey).

Ushbu oʻqituvchilar dekabr oyida Fransiyada joylashgan Monpelye shahridagi “Accent Français” maktabida ikki hafta davomida fransuz tilini chet tili sifatida oʻqitish metodikasi boʻyicha malaka oshiradilar.

Fransiya elchixonasining madaniyat va hamkorlik boʻyicha maslahatchisi Emili Dezormier xonim stipendiya sohiblarini elchixonada qabul qildi, ularga oʻz tabrigini va samimiy tilaklarini izhor etdi.

JPEG

publie le 23/11/2018

hautdepage