Qozog‘istonda avtobusda yong‘in tufayli yuz bergan halokat munosabati bilan hamdardlik [fr] [ru]

Fransiya Respublikasi Yevropa va tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston va Qozog‘istonga o‘z hamdardligini bildiradi.

18-yanvar kuni Qozog‘iston g‘arbida avtobusda yong‘in tufayli sodir bo‘lgan va 50 nafardan ortiq insonning, jumladan, ko‘plab O‘zbekiston fuqarolarining hayotiga zomin bo‘lgan fojia haqidagi xabarni chuqur istirob bilan qabul qildik.

Fransiya fojiada halok bo‘lganlarning oila a’zolariga ta’ziya bildiradi.

Mana shunday musibatli onda biz Qozog‘iston va O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlashimizni bildiramiz.

publie le 28/02/2018

hautdepage