Respublika Prezidenti Janob Emmanuel Makronning Al-Jazira telekanaliga bergan intervyusi (30-oktabr) [fr]

Qisqartirilgan ko’rinishda

Al-Jazira
Al Jazira telekanaliga ushbu intervyuni berganingiz uchun tashakkur. Fransiyada ikki hafta ichida ikki marotaba terakt sodir etildi, Conflans-Saint-Honorine maktabida, Nitssa cherkovida. Musulmon olami sizni kuzatayapti, siz esa musulmon dunyosidagi reaksiyalarini kuzatayapsiz. Bugun musulmon olamiga nima deya olasiz?

Janob Emmanuel Makron
Bizning mamlakatimiz uch marotaba zo’ravon ekstremistlar boshchiligidagi terroristik harakatlar tomonidan Islomni buzib ko’rsatish va noto’g’ri talqin qilish bilan hamda fransuz xalqini chinakam hayratga solgan va xafa qilgan harakatlar bilan zarba berganini eslaysiz: maktab o’qituvchisini erkin o’qitgani uchun boshini kesib tashlashdi va shu payshanba kuni Nitssa cherkovida, Nitssa shahridagi Notre-Dame bazilikasi, ikki kishining boshini olish va uchinchisiga pichoq bilan hujum. Fransiya bugungi kunda ushbu hujumlar tufayli shok holatida, shu bilan birga qayg’uda, hamjihatlik va g’azab tuyg’usida. Va birinchi marta, biz ushbu hujumlarni boshdan kechirayotganimizga qaramasdan, juda ko’p tushunmovchiliklar tufayli Fransiyaga tahdid qilish uchun xalqaro miqyosda juda kuchli reaksiyalar yuz berdi. Shuning uchun men ushbu tushunmovchiliklarni bartaraf etishni xohladim, (...) takror aytmoqchimanki, Fransiya - bu ibodat erkinligiga bog’langan mamlakat va ko’pincha dunyoviylik deb ataladigan bu murakkab atama juda ko’p tushunmovchiliklarni keltirib chiqaradi. Umid qilamanki, biz bugun ushbu tushunmovchiliklarni oradan ko’taramiz. Dinga ishonish yoki ishonmaslik erkinligi Fransiyani biz har kimning dinidan qat’i nazar fuqaro bo’lishini istagan mamlakatga aylantiradigan narsadir, bu yerda hamma qanday dinda bo’lishidan qat’i nazar, bir xil siyosiy va fuqarolik huquqlariga ega. (...) Mamlakatimiz dunyodagi hech qanday din bilan hech qanday muammoga duch kelmaydigan mamlakatdir, chunki ushbu dinlarning barchasiga bizda kishilar erkin amal qiladilar. Musulmon diniga mansub fransuz fuqarolari, shuningdek, dini Islom bo’lgan butun dunyo fuqarolari haqida gap ketganda, men ularga Fransiya ushbu dinga ham erkin amal qilinadigan mamlakat ekanligini aytmoqchiman. Hech qanday tamg’a qo’yish yo’q, bularning barchasi yolg’ondir va umumbashariy maqsadlari tinchlikni va fuqarolarining diniga qaramasdan erkin yashashini ta’minlashga qodir bo’lgan mamlakatdir. Shunday qilib, juda ko’p noto’g’ri narsalar aytildi. Men bu yerda terrorizmga, bu barcha zo’ravon ekstremistlarga qarshi qat’iylik va shu bilan birga tinchlik, hamjihatlik, ma’lum bir haqiqatni tiklash haqida xabar berishni xohlardim. Bugun men siz bilan fikr almashishdan asosiy maqsadim shu.

Al-Jazira
Fransiyada bir necha bor nashr etilgan karikaturalarga kelsak, Islom payg’ambarini va musulmonlarni tasvirlaydigan ushbu karikaturalar har safar ularni haqoratlaydi, hayratda qolishadi va ba’zida noto’g’ri tushunishadi. Musulmonlarning his-tuyg’ularini qay darajada hisobga olish mumkin?

Janob Emmanuel Makron
(...) Qonunlarimizda, prinsiplarimiz va huquqlarimizda, men aytgan, biz himoya qiladigan va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan shaxsiy erkinliklar, ibodat qilish erkinligi, shuningdek vijdon erkinligi va so’z erkinligi bor. Bu shuni anglatadiki, bizning mamlakatimizda, Fransiyada, jurnalist bo’lgan har bir kishi Respublika Prezidenti, Hukumat, siyosiy ko’pchilik, shuningdek ozchilik va butun dunyo haqida erkin gapira oladi. Ushbu ifoda erkinligida rasm chizish, karikatura qilish imkoniyati ham mavjud. (...) Va karikaturalar haqida gapirganda, shuni bilishingizni istaymanki, ko’pgina matbuot sarlavhalari, avvalambor, birinchi navbatda nasroniylarning xudosiga karikatura qildi, yahudiy diniga, ravvinlarga va boshqalarga karikatura qildi va bugungi kunda, aslida, bir necha yil davomida Muhammad payg’ambarni karikatura qildi, haqiqatan ham musulmon diniga ham karikatura qildi. Men ushbu holat uyg’otadigan tuyg’ularni tushunaman, ularni hurmat qilaman. (…) Gap shundaki, Fransiya va Fransiya Respublikasi Prezidenti o’z karikaturalarini yaratadimi yoki ularni qo’llab-quvvatlayaptimi – gap bunds emas, chunki bu matbuot erkin, bular rasmiy jurnallar emas, ushbu karikaturalarini Fransiya hukumati yaratmagan - ammo Fransiya Respublikasida Prezident ushbu huquqni bekor qilishishi mumkinmi?: javob - yo’q, chunki bu fransuz fuqarolari huquqidir va bu hammaga ta’luqlidir. Demak, muhim bo’lgan narsa - men ushbu erkinlikni saqlab qolishim kerak. Keyin men bularning barchasi bir-birimizga hurmat bilan amalga oshirilishini xohlayman, ammo ushbu erkinlik muhimdir. (…) Ikki narsani qabul qila olmayman. Birinchisi, ko’plab ommaviy axborot vositalari, ba’zan siyosiy va diniy rahbarlar tomonidan yoqlab kelinayotgan chalkashliklar, ya’ni bu karikaturalar biron bir tarzda Fransiya hukumati yoki respublika prezidentining loyihasi yoki tashabbusi deb aytishdan iboratdir. Yo’q, men bu huquqni saqlab qolish uchun shu yerdaman va uni doimo saqlab qolaman. Ammo buni amalga oshiradigan odamlar bor, shunday. Ikkinchisi, ba’zilar tarafidan ushbu reaksiya nomi ostida ba’zi zo’ravonliklarni bevosita yoki bilvosita oqlanishi. (…) Men ushbu karikaturalardan shok holatiga tushish mumkinligini tushunaman va hurmat qilaman, lekin men ushbu karikaturalar uchun jismoniy zo’ravonlikni oqlash mumkinligini hech qachon qabul qilmayman va o’z yurtimda har doim gapirish, yozish, firklash, rasm chizish erkinligini himoya qilaman. Bu kishilar aytadigan, o’ylaydigan, chizadigan barcha narsalarini shaxsan men qo’llab-quvvatlayman, degani emas [...]

Al-Jazira
Janob Prezident, arab davlatlarida va musulmon dunyosida janob Prezidentning bir nechta bayonotlari asosida vaqti-vaqti bilan paydo bo’layotgan savollarni sizga yetkazaman. Siz o’ldirilgan o’qituvchi janob Samuel Patining dafn marosimida so‘zlagan nutqingizdan men iqtibos keltiraman: "Boshqalar orqaga chekinsa ham, biz karikaturalardan, rasmlardan voz kechmaymiz". Bu qat’iyatlilik ifoda erkinligiga asoslangan, ammo musulmonlarning his-tuyg’ularini inobatga olmaslik kabi o’ziga xos chaqiriq sifatida qabul qilinadi. Buni qanday baholash mumkin?

Janob Emmanuel Makron
Arab dunyosidagi ko’plab ommaviy axborot vositalari tomonidan qilingan tarjimalarda siz aytgan gapda yolg’on bor edi. Mening nomimdan: "Men payg’ambarni kamsitadigan karikaturalarni qo’llab-quvvatlayman", deyishibdi. Men hech qachon bunday demaganman, avvalambor bu karikaturalar, va bu bizni tinglayotgan barcha musulmonlar uchun muhim, bu karikaturalar, ular barcha dinlar bo’yicha qilingan, barchasi bo’yicha, ataylab bitta dinga qarshi boshqasidan ko’ra ko’proq karikaturalar yo’q va bundan tashqari barcha rahbarlarga ham qilingan. Ikkinchi narsa, men ushbu huquqni himoya qilayotganimni aytdim, chunki bu mening rolim va bundan keyin jamiyatda har birimiz o’zaro hurmatimizni qabul qilishimiz va saqlashimiz kerak deb o’ylayman. Ba’zilar hayratda qolishgani uchun, ushbu huquqni kamaytirish vakolati menga, respublika prezidenti sifatida berilgan emas. Chunki shunday bo’lgan taqdirda, men o’z mamlakatimda axloqiy yoki diniy tartibning bir turini o’rnatardim. Yozadigan yoki rasm chizadigan odamlarga: "Siz boshqalarni hayratga solgani uchun bunday deyishga haqqingiz yo’q", der edim. Va unda so’z erkinligi asta-sekin kamayib borgan bo’lardi, chunki bu tobora bo’shliqqa aylanadi, demak biz bir-birimiz haqimizda gapirmaydigan bo’lardik. (…)

publie le 12/11/2020

hautdepage