Rimendo jaz guruhining Toshkentga tashrifi (2018-yil 10-13-oktabr) [fr] [ru]

O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi va Botir Zokirov nomidagi O‘zbekiston Davlat jaz orkestri bilan hamkorlik loyihalari doirasida Fransiya elchixonasi 5 musiqachidan iborat Rimendo jaz guruhini 10-13-oktabr kunlari O‘zbekistonga taklif etdi. Tashrif davomida sozandalar Julyen Alur (trubachi), Silven Dubrez (kontrabas), Benjamin Muan (zarbli cholg‘ular), Virjini Peyral (pianino) va xonanda Sara Olivyelardan iborat Rimendo guruhi konsert va mahorat darslari berishdi.

11-oktabr kuni Gliyer nomidagi Respublika maxsus akademik litseyida tashkil etilgan Rimendo guruhining ilk mahorat darsida 300 dan oshiq o‘quvchilar ishtirok etishdi. Mahorat darsida jaz klassiklari asarlaridan parchalar ijro etildi. Keyin litsey o‘quvchilari o‘zbek xalq musiqa asboblari yordamida mehmonlarga o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Ushbu tajriba almashinuvi fransiyalik san’atkorlarda katta taassurot qoldirdi. Shu kuni O‘zbekiston Davlat konservatoriyasida bo‘lib o‘tgan ikkinchi mahorat darsida 30 ga yaqin talaba ishtirok etdi. Kechqurun esa Toshkent fransuz alyansida Boris Vian ijodiga bag‘ishlangan badiiy va musiqiy kechada pianinochi Virjini Peyral va xonanda Sara Olivyelar fransuz yozuvchisi, shoiri va bastakorining hayoti va ijodi haqida yig‘ilganlarga hikoya qilib berishdi.

12-oktabr kuni konservatoriyaning katta zalida bo‘lib o‘tgan «Rimendo Boris Vianni ijro etadi» deb nomlangan konsert-spektaklda tomoshabinlar o‘tgan asrning 40-50-yillaridagi Parij shahri muhitiga, Sen-Jermen-de-Pre jaz klublari davriga xayolan sayoat qilish imkoniga ega bo‘lishdi.

Concert du groupe de jazz français Rimendo à Tachkent
Concert du groupe de jazz français Rimendo à Tachkent
Concert du groupe de jazz français Rimendo à Tachkent
Concert du groupe de jazz français Rimendo à Tachkent
Conférence musicale sur Boris Vian à l'AFT
Conférence musicale sur Boris Vian à l'AFT
Concert du groupe de jazz français Rimendo à Tachkent
Masterclasse animée par les musiciens du groupe Rimendo à Tachkent

publie le 19/10/2018

hautdepage