Samarqand Davlat universiteti va Parij I Panteon-Sorbon universiteti o‘rtasida hamkorlik [fr] [ru]

Hamkorlik to’g‘risidagi doiraviy bitimni Samarqand Davlat universiteti rektori janob Rustam Xolmurodov va Parij I Panteon-Sorbon universiteti rektori janob Jorj Adad imzoladilar.

Mazkur bitim qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish, anjumanlar va seminarlarni tashkil qilish, tadqiqodchi o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, ilmiy ishlarga ikki tomonlama rahbarlik qilish va risolalar chop etishni nazarda tutadi.

Ayni damda ushbu xalqaro bitim san‘at tarixi, arxeologiya va turizm kabi yo‘nalishlarga yo‘naltirilgan. Keyinchalik bu hamkorlik doirasida ikkala muassasada o‘qitiladigan ijtimoiy va gumanitar fanlarning boshqa yo‘nalishlari ham qamrab olishi mumkin.

Ushbu doiraviy bitim besh yil muddatga tuzilgan va tomonlar istagiga muvofiq yangi muddatga uzaytirilishi mumkin.

publie le 16/09/2019

hautdepage