Samarqand shahridagi qattiq maishiy chiqindilarni boshqarishni modernizatsiyalash [fr] [ru]

2018-yilning 16-avgust kuni Samarqand shahrida chiqindilarni boshqarish bilan shug‘ullanuvchi « Maroqand Obod » davlat unitar korxonasining Loyihani amalga oshirish guruhi ochildi. Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi vakili Yelena Kim, Samarqand shahri hokimi Furqat Rahimov, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Violen de Vilmor xonim va Fransiya taraqqiyot agentligining Toshkent shahridagi mintaqaviy vakolatxonasi direktori Rafael Jozan ishtirok etdi.

Guruh idorasi shahar markazidagi tarixiy binoda joylashgan bo‘lib, loyiha amalga oshiriladigan hududdagi aholi bilan yaqinlikni ta’minlaydi.

Ochilish marosimi O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 19-iyulda qabul qilingan 3139-sonli qarori asosida amalga oshiriladigan loyihaning boshlanishini belgilab berdi. Loyihaniing amalga oshirilishi Guruh tomonidan muvofiqlashtiriladi. Guruh xodimlari 2018-yilning yozida Vali Hamidov boshchiligida ishga qabul qilingan. Ayni paytda loyihani amalga oshirish, pudratchilik va chiqindilarni yig‘ish uskunlarini sotib olish bo‘yicha texnik yordam yuzasidan ko‘plab tenderlar tayyorlanmoqda.

Loyiha Fransiya taraqqiyot agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga ajratilgan kredit hamda Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo uchun investitsion qulaylik dasturi doirasida ajratilgan mablag‘ orqali moliyalashtiriladi.

JPEG

publie le 08/10/2018

hautdepage